Taqinchoqlar tanlovi
Sabinadan
Sabinadan taqinchoqlar tanlovi
Tibbiyot talabasi va kontent-kreator
Men shifokorlikka o’qiyman va shu bilan birga kontent yarataman. Bu ikki yo’nalish juda boshqacha tuyuladi, ammo aslida ular bir-birini yaxshi to’ldiradi: tibbiyot aniqlik va intizom talab qiladi, ijod esa o’zini ifodalash uchun makon beradi. Meni tibbiyot orqali ham, ijod orqali ham boshqalarga foydali bo’lish va o’zim uchun qadrli narsalar bilan bo’lishish mumkinligi ilhomlantiradi
Tanlov haqida
Men uslubimni aks ettiruvchi taqinchoqlarni tanladim: soddalik, minimalizm va ortiqchasiz, ozoda aksentlar. Men uchun bu tanlov — uyg’unlik, xotirjamlik va ishonch haqida. Umid qilamanki, tanlovim sizga yengillik, ilhom va obrazingizga o’ziga xos nimadir qo’shish istagini bag’ishlaydi





