Taqinchoqlar tanlovi
Mohinadan
Mohinadan taqinchoqlar tanlovi
Bloger va sport jurnalisti
Men blogerman va sport jurnalistiman: futbol voqealarini yoritaman, sport olamidagi hikoyalarni so’zlab beraman va auditoriyam uchun kontent yarataman. Bundan tashqari, uslubga qiziqaman va aynan tafsilotlarga e’tibor tugallangan obrazni shakllantiradi, deb ishonaman. Meni sportdagi kuchli shaxslar, ularning xarakteri va o’z ishiga sadoqati ilhomlantiradi. Ammo moda va uslub ham menga kam ilhom bermaydi — ular har kuni o’zimni va kayfiyatimni ifodalashga yordam beradi.
Tanlov haqida
Tanlovimga uslub uyg’unligi va yengillik haqidagi tasavvurimni aks ettiruvchi taqinchoqlarni jamladim. Bu buyumlar menga yaqin, chunki ularda nafislik, zariflik va ko’p qirralilik uyg’unlashgan: ularni ham har kuni, ham alohida damlarda taqish mumkin. Tanlovimning umumiy uslubi — yengillik, ishonch va ayollik. Undagi taqinchoqlar shuni eslatib tursin: uslub — bu o’z hikoyangni aytish, kayfiyat va ilhomni yetkazish usuli.




